Kogon shahrida Kengash yig’ilishi o’tkazildi

31

Kuni kecha Kogon shahar hokimligida Yoshlar ittifoqi shahar Kengashining navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Yoshlar ittifoqi,  shahar hokimligi vakillari,   boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida shahar Kengashining o’tgan davrda amalga oshirgan faoliyati tahlil qilindi.

Kogon shaharda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ular natijasida 6 oy davomida 526 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi.

“Yoshlar – kelajagimiz”  Davlat dasturi doirasida 2019 yilda 3 nafar yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratildi.

Yig’ilish davomida yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar, oldinda yechimini kutayotgan muammolar ham alohida ta’kidlab o’tildi.

Kengash yakunida keyingi 6 oylik rejalar belgilab olindi.