Olimpiya chempioni bo‘lgan buxorolik erkin kurashchi bu safar jahon chempionligini ham qo‘lga kiritdi

32

Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda hordiq.uz.

Bugun O‘zbekiston nomidan qatnashgan uch kurashchining ikki nafari shohsupadan joy oldi.

  • 55 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Buenos-Ayres o‘smirlar Olimpiadasi chempioni, buxorolik Umidjon Jalolov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda eronlik raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, musobaqa davomida faqat finalda Jalolovning raqibi ochko ololdi, xolos. Qolgan barcha bellashuvlarda Umidjon yirik va «quruq» hisobda g‘alaba qozongandi.