Navbatdagi Kengash yig’ilishi o’tkazildi

51

Kuni kecha Buxoro yoshlar markazida O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengash yig’ilishini Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Hamza Ro’ziyev va viloyat hokimligi mas’ul vakili Feruz Hamroyev,  mahalliy va hududiy Kengashlar xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilish avvalida tashkilotning o’tgan 6 oyi davomida olib borgan faoliyati atroflicha tahliliy-tanqidiy ko’rib chiqildi.

Faoliyat davomida yoshlarni o’z atrofida birlashtira olgan, samarali va natijadorligi yuqori loyihalarni tashkil etgan tuman Yoshlar yetakchilari rag’batlantirilgan  bo’lsa, ish davomida mas’uliyatsizlikka yo’l qo’yganlar qattiq ogohlantirildi, tegishli choralar ko’rildi.

Kengash yig’ilishi yakunida tashkilotning ikkinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan maqsad va rejalari belgilab olindi.