Biznes va muvaffaqiyat

76

Buxoro yoshlar markazida “Biznes va muvaffaqiyat” mavzusida o‘quv-seminari o’tkazildi.

Unda viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar va yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.

O‘quv-seminarini xalqaro toifadagi biznes-trener Elbek Maxramov olib bordi. Seminar davomida yoshlarga muvaffaqiyatga erishish uchun asosan, nimalarga e’tibor berish kerakligi, maqsad qo‘yishda ong va tafakkurning o‘rni va yana qator mavzularda kerakli ma’lumotlar berildi.

Seminar so’ngida yoshlar tomonidan bundan keyin tashkil etilishi rejalashtirilgan o’quvlar “Biznes etikasi”, “Tadbirkorlik qilishda buxgalteriya hisoboti” kabi mavzularga bag’ishlanishi mazmunidagi takliflar o’rtaga tashlandi.