“Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovi

667

“Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining
NIZOMI

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1 “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining Nizomi (keyingi o‘rinlarda “tanlov” deb yuritiladi) sinf, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, tuman (shahar), viloyatda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining Sardorlar Kengashi a’zolari o‘rtasida tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. TANLOVNING MAQSADI

2.1 Quyidagilar tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi:
— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashining faoliyati samaradorligini oshirish;
— Sinf, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, tuman (shahar), viloyat Sardorlar Kengashi a’zolariningo‘zaro do‘stlashishi va tajriba almashishi natijasida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
— Sardorlar Kengashi a’zolarining faoliyatini qo‘llab-quvvvatlash, ularda yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish;
— Sardorlar Kengashi a’zolarida etakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, erishgan yutuqlari va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdir.

3. TANLOVNI TAShKIL ETISh TARTIBI

3.1 Tanlov sinf (2 yo‘nalishda: 1-7 sinflar va 8-11 sinflar o‘rtasida), umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, tuman(shahar), viloyat Sardorlar Kengashi a’zolari o‘rtasida alohida, alohida tashkil etiladi.

3.2 Tanlovda ishtirok etish:

— “Eng namunali sinf Sardorlar Kengashi” tanlovida (1-7 sinflar va
8-11 sinflar) Sardorlar Kengashi a’zolari (9 nafar) o‘zlarining sinflari nomidan qatnashadi.
— “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Sardorlar Kengashi a’zolari (18 nafar) o‘zlarining maktablari nomidan qatnashadi;
— “Eng namunali tuman (shahar) Sardorlar Kengashi” tanlovida mahalliy “Kamalak” bolalar tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan Sardorlar Kengashi a’zolari (18 nafar) o‘zlarining tuman (shahar)lari nomidan qatnashadi;
— “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovida hududiy “Kamalak” bolalar tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan Sardorlar Kengashi a’zolari (18 nafar) o‘zlarining hududlari nomidan qatnashadi.

3.3 “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovi 3shartda tashkil etiladi.

1-shart: “Bu bizning faoliyat…”. Ushbu shartda ishtirokchi jamoalar Sardorlar Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari va faoliyatlarini badiiy chiqishlar orqali tanishtiradilar. Chiqishda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. 10 ballik tizimda baholanadi.
2-shart: “Bizning imkoniyatlarimiz”. Ushbu shartda ishtirokchi jamoalar keyingi o‘quv yilida Sardorlar Kengashi yo‘nalishlaridan kelib chiqib bugungi kunda bolalar o‘rtasida dolzarb bo‘lgan muammolarda yangi loyiha tashabbusi bilan ishtirok etadi. Ushbu shart davomida loyiha tayyor jamlanma shaklida hakamlar hay’atiga taqdim etilishi va sahnada ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda himoya qilinishi lozim. Loyihaning mukammalligi g‘oyalarning yangi va kreativligiga qarab hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 30 ballik tizimda baholanadi.
3-shart: “Intellektual ring”. Ushbu shartda Sardorlar Kengashi a’zolari
5 daqiqa ichida ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashi faoliyatiga oid 10 ta savolga javob berishlari lozim. Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi.

4. HAKAMLAR HAY’ATI TARKIBINI ShAKLLANTIRISh

4.1 Tanlovning hakamlar hay’ati tarkibi tanlovning miqyosiga qarab shakllantiriladi.
4.2 Hakamlar hay’ati tarkibiga ishtirok etadigan jamoalarga aloqasi bo‘lmagan vakillar kiritilishi lozim.

1. G‘OLIBLARNI TAQDIRLASh

5.1 Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi jamoa “Kamalak” kubogi, maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
5.2 Tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.