“Ilmiy diskussion klubi”ning navbatdagi ilmiy seminarida qanday natijalarga erishildi?

46

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar kengashi”ning navbatdagi tadbirlaridan biri “Yoshlar ilmiy tadqiqot faoliyati integratsion maydon” mavzusidagi “Ilmiy diskussion klubi”ning ilmiy seminarining asosiy maqsadi sifatida iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotlar sohasiga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tubdan jonlantirish, mamlakatda ilm-fanning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlashga qodir bo‘lgan yosh ilmiy kadrlar korpusini shakllantirishga zamin yaratish, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda usutuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yangi ilmiy maktablar yaratishdan iborat etib belgilandi.

Klubning texnika sohasiga bagʻishlangan navbatdagi ilmiy seminarida quyidagi natijalarga erishildi:

— Texnika yoʻnalishiga ixtisoslashgan Buxoro viloyati va Toshkent shahridagi Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “vertual ilmiy axborot almashuv tizimi” yoʻlga qoʻyildi va texnika sohasining dolzarb mavzularidagi ilmiy tadqiqotlar resursi shakllantirildi;

— Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan Buxoro viloyati OTMlarining yosh izlanuvchilari uchun kichik ilmiy tadqiqot bazalarini tashkil etishda yaqindan koʻmaklashish hamda texnika sohasi boʻyicha bir necha yoʻnalishlarda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha hamkorlik chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilishi belgilandi;

— Texnika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarni Respublika yosh olimlar kengashining “Respublika yosh olimlarning innovatsion loyihalari” grant tanlovi va “InnoWeek-2019” tanlovlarida ishtirok etishlari uchun tavsiyanomalar taqdim etildi;

— Buxoro viloyati Oliy taʼlim muassasalarining yosh izlanuvchilari uchun dunyoning mashhur ilmiy maʼlumotlar bazasi hisoblangan Scopus tizimi va ScienceDirect bazalaridan foydalanishning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.