13 ming 20 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari malaka oshiradi

91

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga doir seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jumladan, yurtimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, chora-tadbirlar hamda Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus bo‘yicha ma’lumotlar berish masalalari muhokama qilindi.

Seminar-treninglarning hududiy bosqichiga mahalliy kengashlardan yig‘ilgan 60 nafar tabiiy liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan yetakchilar jalb qilinadi. 3 kun davomida malaka oshirgan yetakchilar olgan bilim va ko‘nikmalarini quyi tizimdagi yetakchilarga trener sifatida seminar-treninglar tashkil etish orqali yetkazadi. Respublika miqyosida jami 13 ming 20 nafar trenerlar tayyorlanadi.